Para atletlarimiz muvaffaqiyatli yurishini boshladi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para yengil atletika bo‘yicha an’anaviy “Fazza” Gran-pri turniri start oldi.
Musobaqaning ilk kunida 5 nafar hamyurtimiz shohsupaga ko‘tarildi. Yadro uloqtirish F54 (ayollar) yo‘nalishida Nurxon Qurbonova, uzunlikka sakrash T13 (erkaklar) yo‘nalishida Doniyor Ahmedov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yadro uloqtirish F57 (erkaklar) o‘rtasida Yorqinbek Odilov, 400 metrga yugurish T36 (erkaklar) toifasida Izzat Turg‘unov kumush, 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha T11 (ayollar) yo‘nalishida Asila Mirzayorova bronza medaliga musharraf bo‘ldi.
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, aksariyat sportchilarimiz ushbu musobaqada o‘zlarini yangi yo‘nalishlarda sinovdan o‘tkazmoqda va yuqori natijalar qayd etmoqda.
O‘zA