Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para atletlarimiz muvaffaqiyati davom etmoqda
11:49 / 2025-12-11

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yoshlar o‘rtasidagi V Paraosiyo o‘yinlari ilk kunida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 5 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Aniqroq aytganda, musobaqada Sultonposhsha Berdiyeva, Marjona Toshmuhammadova, Nurillo Inobiddinov, Bahriddin Xolbo‘tayev va Mukarram Ergasheva para pauerlifting bahslarida oltin medalga ega chiqdi. Tursunoy O‘roqboyeva kumush medal sohibi bo‘ldi. Shuningdek, O‘g‘iljon Zaripova, Abdulloh Abdulazizov, Sevinchoy Yusupova va Gulsanam Sobirova bronza medal bilan taqdirlandi.

Paraosiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Bugun, 11 dekabr kuni Paraosiyo o‘yinlarining ikkinchi kungi bellashuvlarida vakillarimiz para armrestling, bochcha, para yengil atletika, para pauerlifting hamda para suzish bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etadi.

Sherbek Islomov,

O‘zA