Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para atletlar O‘zbekiston chempionatida saralanmoqda
17:12 / 2024-05-08

Angren shahrida joylashgan «Yangiobod» Respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasida para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari qizg‘in davom etmoqda. Mazkur mamlakat birinchiligida 600 nafarga yaqin para atlet para yengil atletikaning turli yo‘nalishlarida medallar uchun raqobatlashmoqda.

Chempionatning dastlabki kungi bahslarida sportchilar nayza, disk va yadro uloqtirish, shuningdek yugurish va balandlikka sakrash dasturida ilk bosqichda bellashdi. Bugun, 8-may kuni ishtirokchilar para atletikaning qolgan yo‘nalishlarida bahslarga kirishadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu chempionat terma jamoamiz tarkibini yanada kuchaytirish va yangi nomlarni aniqlash maqsadida tashkil etilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada «Yangiobod» Respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasida para yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilib, unda mamlakatimizning turli hududlaridan 450 nafardan ortiq jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar ishtirok etgan va ular orasida yaxshi natija ko‘rsatgan para atletlar «Toshkent-2025» yoshlar Paraosiyo o‘yinlari uchun saralangan edi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA