Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paqildoq”larning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
18:50 / 2021-12-08

Yangi yil bayrami arafasida Bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli kurash olib borilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda pirotexnika vositalari noqonuniy aylanmasining oldini olish maqsadida Qo‘ng‘irot tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro F.U. jami 6000 dona pirotexnika vositasini noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Yana bir holatda, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Xo‘jayli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro J.S.ga tegishli sumkada jami 1200 dona pirotexnika vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA