Qish boshlandimi, mamlakatimizda pirotexnika savdosining “yashirin bozori” chaqqon bo‘lib qoladi. Salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi sabab sotish va sotib olish taqiqlangani haqida aholi har qancha ogohlantirilmasin, yurtimizga pirotexnika vositalarini aylanma yo‘llar orqali olib kirayotganlar uchrab turibdi.
Bilamizki, shu toifa shaxslarni insonlarning hayoti xavfsizligidan ko‘ra, ko‘proq mo‘may daromad olish qiziqtiradi. Buni anglab yo anglamagan holda pirotexnika vositalarini yashirin tartibda sotib olib foydalanish oqibatida, o‘tgan yili turli og‘ir ko‘rinishdagi tan jarohatlarini olgan bolalar aniqlandi. Mazkur fojiaviy holatlarning yuzaga kelayotganida esa farzandlarini nazoratsiz qoldirayotgan ota-onalarning ham qisman hissasi borligi achinarli...
Birgina DXX, IIV hamda Bojxona qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan tezkor chora-tadbirlarni aytmasak, hududlardagi MFY raislari, tuman hokimliklari yoki hokim yordamchilari jim. Ularning pirotexnika vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari haqida aholiga tushuntirish ishlarini yetarli darajada olib borayotganliklari ko‘rinmaydi...
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bKL3ZpoOs8c" title="“Paqildoq”lardan kuyayotgan bolalarimiz: fojialarda kimlar aybdor?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
M.Eshmirzayeva, D. Yakubov, N.Abduvoitov (video), O‘zA