Surxondaryo viloyati bojxona va Milliy gvardiya boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida 7 ming 400 dona pirotexnika vositasining noqonuniy savdosi aniqlandi.
Angor tumanida hamkorlikdagi tadbirda olingan tezkor ma’lumotga asosan fuqaro Abdunabi Bo‘riyev (ism-sharif o‘zgartirildi)ga tegishli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganida old o‘rindiqda qora rangli polietilen paketga joylangan pirotexnika vositalari borligi fosh etildi. 7 ming 400 dona paqildoq tegishli tartibda rasmiylashtirilib, daliliy ashyolar vaqtincha saqlovga olindi.


Ayni paytda holat yuzasidan bojxona organlari tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
Boysun tumani qo‘riqlash bo‘limining Tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari esa Ariq usti mahallasi hududida o‘n yoshdagi Jovli Hamzayev 14 qutiga joylangan 770 dona “Treniya” va “Novыy vek” nomli pirotexnika vositalarini voyaga yetmagan bolalarga sotayotganida qo‘lga olindi.


Bu holat bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sud organlariga jo‘natildi.
Viloyatda pirotexnika vositalarining g‘ayriqonuniy aylanishiga qarshi tadbirlar davom etmoqda.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri