Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Papua-Yangi Gvineyada poliomiyelit epidemiyasi e’lon qilindi
18:20 / 2025-05-16

Papua-Yangi Gvineyada poliomiyelit epidemiyasi e’lon qilindi, deb yozmoqda “ArabNews” nashri. Ko‘pincha kanalizatsiya va ifloslangan suv orqali tarqaladigan ushbu virus juda yuqumli va potensial o‘limga olib keladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rasmiylarining ma’lum qilishicha, virus Tinch okeani g‘arbidagi Port-Morsbi va Lae shahridagi oqova suvlar va atrof-muhit namunalarida aniqlangan.

JSSTning Papua-Yangi Gvineyadagi vakili Sevil Huseynovaning so‘zlariga ko‘ra, keyingi testlar Lae shahridagi ikki bolada poliovirusning 2-toifa shtammi uchun ijobiy ekanligi aniqlangan.

– Infeksiyaning bolalarga yuqishi poliomiyelit epidemiyasini anglatadi, -dedi Huseynova brifingda. – Poliomiyelit o‘ta yuqumli kasallik bo‘lib, poliomiyelitga qarshi emlash darajasi past bo‘lgan o‘lkalarda virus bir odamdan boshqasiga tez tarqaladi.

Papua-Yangi Gvineya sog‘liqni saqlash vaziri Elias Kapavorening aytishicha, vaziyat “jiddiy, ammo boshqarish mumkin”.

M.Pirmatova, O‘zA