Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Papa Qozog‘istonga kelyapti
15:24 / 2022-09-12

Rim Papasi Fransisk 13 sentyabr kuni uch kunlik tashrif bilan Qozog‘istonga borishi, jahon va an’anaviy dinlar rahbarlari uchrashuvida ishtirok etishini ma’lum qildi.

“Ko‘p sonli diniy vakillar bilan uchrashish, birodarlar bilan biz orzu qilayotgan tinchlikka intilish uchun o‘zaro muloqot qilish imkoni bor”, dedi Fransisk va “barchani ibodat orqali ushbu tinchlik ziyoratchilariga hamroh bo‘lishga chaqirdi”.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining ko‘p tomonlama hamkorlik departamenti direktori Didar Temenovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil kongress ishida 50 davlatdan yuzga yaqin vakil, jumladan, “Al-Azhar” bosh imomi, Volokolamsk mitropoliti, Rus pravoslav cherkovi patriarxati tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i, Isroilning Ashkenaz bosh ravvini va boshqalar qatnashadi.
 

O‘zA