Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Panjob provinsiyasi delegatsiya Buxoroda
10:02 / 2023-08-07

Pokiston Islom Respublikasining Panjob provinsiyasi hukumati vakillari va yirik sarmoyadorlardan iborat delegatsiya Buxoroga keldi.

Delegatsiyani Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimining o‘rinbosari Rizo Asadov va boshqa mas’ullar kutib oldi.

Tashrif dasturidan delegatsiyaning Shofirkon tumanidagi “AZTEX” tikuvchilik fabrikasi, Buxoro shahridagi “Bukhara Cotton Textile” qo‘shma korxonasi faoliyati, shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalari bilan tanishuvi o‘rin olgan.

Shuningdek, Buxoro viloyati hokimligi va Pokiston Islom Respublikasining Panjob provinsiyasi hukumati o‘rtasida to‘qimachilik sohasida o‘zaro hamkorlik qilish yuzasidan uchrashuv o‘tkaziladi.

 

Zarif Komilov, O‘zA