Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pandemiyaning fermer va tomorqachilarga taʼsiri qanday boʻldi?
15:00 / 2020-10-22

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashida 2020-yilning oʻtgan davrida amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan videokonferensiya boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashida 2020-yilning oʻtgan davrida amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan videokonferensiya boʻlib oʻtdi.

Qayd etish kerakki, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish dasturiga koʻra, joriy yilda 10 mingdan ortiq yaʼni 84 foiz fermer xoʻjaliklarida qoʻshimcha faoliyat turlari yoʻlga qoʻyildi. Buning uchun 1653 milliard soʻm jalb etilgan boʻlsa, fermer xoʻjaliklari oʻz mablagʻlari hisobidan 1220 milliard soʻm mablagʻ sarfladi.

Masalan, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish maqsadida 890 ta fermer xoʻjaligi va klasterlarda 41757 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy etildi. Buning uchun davlat hisobidan 12,6 ming gektar paxta maydonlariga 97,9 milliard soʻm subsidiya ajratildi.

Pandemiya boʻlishiga qaramay qishloq xoʻjaligi sohasida tinim boʻlgani yoʻq. Xususan, joriy yil bahorida 4,5 milliondan ziyod aholi tomorqalarida 306,1 ming gektar ertaki ekinlar ekildi.

Toʻqsonbosti va ertaki ekinlardan boʻshagan 228,7 ming gektar maydonga esa takroriy (oʻrtaki) ekinlar ekildi.

Hozirda esa toʻqsonbosti usulda sabzavotlar ekish davom etmoqda. Misol uchun, joriy yilda 162,3 ming gektar, shundan oktyabr-dekabr oylarida 105,2 ming gektar yerga toʻqsonbosti usulida eksportbop sabzavot ekinlari ekiladi. Avgust-sentyabrda ekilgan piyoz, sarimsoqpiyoz hamda kuzgi toʻqsonbosti ekinlardan 2 440 ming tonna mahsulot yetishtirish kutilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning oʻtgan davrida “Tomorqa xizmati”larining moddiy-texnik bazasini yana-da rivojlantirish maqsadida kengash huzuridagi jamgʻarmadan 50,7 milliard soʻm ajratilgan. Bu esa aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini anchagina oshirdi.

Jumladan, aholi tomorqalariga 234 tonna urugʻliklar, 7,8 mln. dona sabzavot va mevali daraxt koʻchatlari yetkazib berildi, 9,5 ming xonadonning 142 gektar tomorqasiga ixcham issiqxonalar qurib berildi.

Kambagʻallikni qisqartirish maqsadida 375 ta qishloq xoʻjaligi kooperativlari tashkil etildi. Gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekinlar ekildi hamda qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan 7,6 ming gektar maydonga ekinlar ekilishi taʼminlanib, 20 mingga yaqin ish oʻrni yaratildi. Natijada 350 ming tonna qoʻshimcha mahsulot yetishtirilishi kutilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun kengash huzuridagi jamgʻarmadan 31,4 mlrd soʻm ajratildi.

Bundan tashqari, Respublika kengashi sudlarga kiritgan 3122 ta davo ariza qanoatlantirilib 172 234 mln. soʻmini undirish boʻyicha sud qarorlari qabul qilindi. Qarzdor tashkilotlarga 6760 ta talabnomalar kiritilgan, shundan 4042 tasi qanoatlantirilgan.

Fermer xoʻjaliklarida qoʻshimcha faoliyat turlari yoʻlga qoʻyilishi natijasida 33,6 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi.

7,1 ming gektar intensiv bogʻ, 3,4 ming gektar tokzorlar va 380 ga maydonlarda issiqxonalar barpo etildi.

Shuningdek, qishloqlarda kichik sigʻimli sovutgichi mavjud 820 ta dala doʻkon tashkil etildi, 11 ta “Tomorqa xizmati” klaster tizimiga oʻtkazildi.

Albatta, moʻl hosil olishning muhim omillaridan biri suvning yetarli boʻlishi. Shu bois joriy yilning oʻtgan davrida Respublika boʻyicha 363 ta, shundan 14 ta katta hajmli, 349 ta kichik hajmli artezian quduqlari qazishga eʼtibor qaratildi.

Natijada 1525 ta aholi xonadonlariga suv chiqarildi. 149,2 gektar tomorqa yer maydoni suv bilan taʼminlandi.

Rayosat yigʻilishida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlar kengashlari raislarining ushbu qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha axborotlari tinglandi. Ularga zarur topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilishda qayd etilganidek, Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshirish uchun 7 milliard soʻmni Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasidan Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida 1 yillik muddatga kafillik asosida teng ulushlarda ssuda sifatida ajratish choralari koʻriladi.