Pandemiya tufayli Yevropa ittifoqiga kirish uchun qo‘yilgan cheklovlar yumshatilmoqda
Yevroittifoqqa a’zo davlatlarning rahbarlari pandemiya tufayli Ittifoqqa kirish bo‘yicha qo‘yilgan cheklovlarni yumshatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
“Bryusseldagi sammitning birinchi kuni yakuniga oid tafsilotlarda shunday fikr qayd etilgan”, deyiladi REGNUM xabarida.
“Epidemiologik vaziyatning yaxshilanib borayotgani tufayli Yevrokengash o‘zaro ichki erkin harakatlanish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishga chaqiradi”, deyiladi hujjatda.
A’zo davlatlar rahbarlari sohaga doir muassasalar tomonidan sertifikatlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha ishlar jadallashtirishi lozimligi aytdi.
Mazkur choralar bilan uchinchi mamlakatning ham Yevroittifoqqa kirishi tartibi soddalashishi taxmin qilinmoqda.