Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Pandemiya» – shifokorlarimizning matonati haqida hikoya qiluvchi film
15:42 / 2024-09-11

Kinematografiya agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasiga binoan “Yagona Cinema” studiyasi tomonidan «Pandemiya» filmi tasvirga olindi. Unda 2020 yili mamlakatimizdagi pandemiya davri qiyinchiliklari, COVID-19 virusi bilan kurashda shifokorlarimizning matonati haqida hikoya qilinadi.

Milliy kino san’ati saroyida ushbu filmning ilk ommaviy namoyishi o‘tkazilib, unda to‘rt mingdan ortiq tomoshabin ishtirok etdi. Premera avvalida Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev so‘zga chiqib, kartina ijodkorlari va tomoshabinlarni yangi film bilan tabrikladi.

Filmda Matyoqub Matchonov, Tamara Mirmaqsudova, Aysanem Yusupova, Saidkomil Umarov, Farhod Abdullayev, Bahodir Musayev suratga tushgan. Ssenariy muallifi Husnillo Jomonqulov, rejissyor Abu Tolib Adamqulov, operatorlar Dilmurod Turdiboyev va Alisher Ahmedov, prodyuser Abror Nabiyevdir.

M.Qosimova, O‘zA