English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pandemiya iqlimga ta’sir ko‘rsata oldimi?
15:55 / 2021-01-27

2019 yilning yakunida insoniyatga sinov bo‘lib kelgan koronavirus pandemiyasi 2020 yilda dunyoning ko‘plab mamlakatlarini lokdaun holatiga solib qo‘ydi.

Dunyo aholisining ko‘chalarda harakatlanishlariga cheklovlar qo‘yildi, aviareyslar  bekor qilindi, zavod, korxonalarda ishlab chiqarish vaqtinchalik to‘xtatildi. Albatta bu cheklovlar dunyo iqtisodiy barqarorligiga jiddiy zarba berdi.

Tanganing ikkinchi tomoni bo‘lganidek, karantin choralari atrofga chiqadigan zararli gazlar hajmini o‘tgan yilga nisbatan 7 foizga kamayishiga, xususan, ba’zi hududlarda transport vositalaridan chiqadigan zararli gazlar ta’sirida havoning ifloslanish darajasini 50 foizga kamayishiga sabab bo‘ldi.

Ammo iqlimshunoslar vaqtinchalik joriy etilgan karantin cheklovlari iqlimning global isish jarayoniga sezilarli ta’sir o‘tkaza olmasligini, karantinning bekor qilinishi oqibatida yana atrofga chiqadigan chiqindi va zararli gazlarning hajmini ortib borishini ta’kidlamoqdalar.

Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) axborotida qayd etishicha, 2020 yilning aprel oyi, ya’ni dunyoning mamlakatlarida to‘liq karantin joriy etilgan vaqtda atrofga chiqadigan kunlik global korbonat angidrid hajmi misli ko‘rilmagan 17 foizga kamaydi.

 2020 yilda atmosferadagi uglerod dioksidi (karbonat angidrid) miqdori rekord darajaga yetib, yonilg‘i yoqilg‘isining qo‘shimcha mahsuloti bo‘lgan issiqxona gazining o‘rtacha dunyo bo‘yicha konsentratsiyasi 410 ppm.ga yetgan.

Yer yuzida karbonat gazining bunday yuqori hajmi bundan 3-5 million yil avval kuzatilgan. O‘sha vaqtda dengiz sathi yerdan 10-20 metr baland bo‘lgan. Asosiysi, u davrlarda insoniyat paydo bo‘lmagan edi.

Iqlimshunoslarning ta’kidlashicha, vaqt o‘tgani sayin sayyoramiz iqlimi ancha quruq va issiqlashib bormoqda. Xususan, 2020 yil so‘nggi 4 yilda kuzatilgan eng issiq yil bo‘ldi. Yillar davomida sanoatning taraqqiy etishi atrofga tarqaladigan chiqindi va zararli gaz miqdorini ortishiga bu esa dunyo global isishini tezlashishiga sabab bo‘lmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, atrofga tarqaladigan issiq gazlarning hajmining o‘sish suratini pasaymasligi 2070 yilga kelib Fors ko‘rfazi mamlakatlarida o‘rtacha iqlim haroratining 74-77 daraja issiq bo‘lishi mumkin.                                                  

Zuhra MIRZABOEVA, O‘zA