“National Assessment of Educational Progress” (NAEP) tadqiqotiga ko‘ra, 2022 yilda amerikalik yoshlarning matematika va o‘qish bo‘yicha ko‘rsatkichi koronavirus pandemiyasidan oldingi davrga nisbatan rekord darajada pasaygan. Ushbu fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish 1992 yil darajasiga tushib ketgan.
Tadqiqot veb-saytida chop etilgan hisobotga ko‘ra, "Matematika bo‘yicha to‘rtinchi va sakkizinchi sinflarda NAEP bahosining o‘ta pasayishi" kuzatildi. Bu guruhlarda 2019 yildan boshlab matematika bo‘yicha o‘rtacha baho mos ravishda 241 dan 236 ga va 282 dan 274 ga tushdi. Ushbu natija 1990 yilda boshlangan tadqiqot dasturi tarixida akademik yutuqlarning eng ko‘p pasayishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari to‘rtinchi va sakkizinchi sinflarda o‘qish bo‘yicha o‘rtacha ball ham 2019 yilga nisbatan mos ravishda 220 baldan 217 balga va 263 baldan 260 balga pasaygan. Shu bilan birga, NAEP tasnifiga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining uchdan bir qismi, hatto, "asosiy" darajada ham o‘qiy olmaydi.
Ma’lum qilinishicha, “qulash” mamlakatning barcha hududlarida qayd etilgan. Tadqiqot doirasidagi statistik ma’lumotga ko‘ra, ikki fan bo‘yicha muvaffaqiyat darajasi 1992 yildagi darajani ko‘rsatgan.
O‘zA