Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Palma orolida otilayotgan vulqon lavalari okeangacha yetib bordi
09:20 / 2021-09-29

Ispaniyaning Palma (Kanar orollari) orolida o‘n kundan buyon otilayotgan vulqon lavalari okeangacha yetib bordi, deb ma’lum qildi Kanar orollari favqulodda vaziyatlar xizmati.

Kanar orollarini Atlantik okeani yuvib turadi.

"Lavalarning okean suviga kelib quyilishi portlash va gaz ajralib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin, bu sog‘liq uchun zararli. Agar siz tashqi dunyodan ajralib qolgan Tasakorta tumanida qolib ketgan bo‘lsangiz, eng xavfsiz joy o‘zingizning uyingiz", - deyiladi xabarda.

Mutaxassislarning maslahat berishicha, agar ko‘chada qolgan odam bo‘lsa, tezroq panaga yashirinishi kerak.

Palma orolida vulqon otilishi 19 sentyabrda boshlangan. Hozirgacha lava 700 dan ortiq binoni yo‘q qildi. 6 mingdan ziyod aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.