Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri: Ko‘prik va sun’iy inshootlar bo‘yicha yagona elektron tizim ishga tushadi
13:48 / 2024-10-08

Ko‘priklar odatda odamlarni biror manzilga yetkazish uchun yoki biror to‘siqni, jarlik, daryoni kesib o‘tish uchun quriladi.

Mamlakatimizda ham yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tirbandliklarning oldini olish, piyodalar uchun sharoit yaratish maqsadida ko‘plab ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar bunyod etilmoqda. Statistikaga ko‘ra,  yurtimizda hozirgi kunda 14 ming 331 ta ko‘prik inshooti mavjud. Shundan 7 ming 628 ta ko‘prik umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida, 6 ming 703 ta ko‘prik shahar, qishloq va ichki xo‘jalik yo‘llarda joylashgan.   

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning I choragida umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘prik va sun’iy inshootlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazgan holda yangi yaratilgan elektron tizim bazasi ishga tushiriladi.   

Shu bilan birga, ko‘prik va sun’iy inshootlar bo‘yicha yaratilayotgan yagona elektron tizimga ko‘prik va sun’iy inshootlarda o‘tkazilgan texnik ko‘rik natijalariga muvofiq qoniqarli (yashil), ta’mirtalab (sariq), avariya holatidagilari esa qizil toifalarga ajratilgan holda kiritilib, dasturlar qisqa muddatda va samarali tashkil etiladi.   

“O‘zyo‘lko‘prik”  klasteri  kutilmagan avariya holatlarining oldini oladi, joylashgan koordinatasini (lokatsiya) oson aniqlab, ko‘prik va sun’iy inshootga tegishli barcha umumiy ma’lumotlarni taqdim etadi.  Joylardagi aholi ko‘prik va sun’iy inshootga o‘rnatilgan (QR) sinxronlash kod orqali murojaat va takliflarini mobil ilova yordamida bildirishi mumkin bo‘ladi.   

“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri III chorak yakuniga qadar umumiy 37 ming kub metr, ya’ni 117 milliard so‘mlik temir-beton mahsulotlari ishlab chiqardi.  Ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar uchun sohada birinchi bor 33 metrli temir-beton oraliq qurilma(balka)lar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Avtomobil yo‘llarini qurishda foydalaniladigan 5 metrli temir-beton lotoklar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.   

“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri filiallari tomonidan III chorak yakuniga qadar investitsiya dasturi doirasida jami 35 ta ob’ektda 290 milliard so‘mlik, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish dasturi doirasida 24 ta ob’ektda 93,5 milliard so‘mlik, to‘la ta’mirlash dasturi doirasida 20 ta ob’ektda 78,4 milliard so‘mlik, jami 79 ta ob’ektda 461,9 milliard  so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarildi.    

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA