Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«O‘ztransgaz» AJ: "Bayram kunlari qator yuridik shaxslar va korxonalarga tabiiy gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi"
14:04 / 2022-12-31

«O‘ztransgaz» AJ ijroiya apparat mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Behzod Normatov 2022 yilda tizimda amalga oshirilgan ishlarning asosiy ko‘rsatkichlari, erishilgan natijalar va rejalar xususida to‘xtalar ekan, Energetika vazirligida 28 dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida ko‘zda tutilgan topshiriqlarining ijrosi, ya’ni bayram kunlari respublika iste’molchilarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlanishi uchun «O‘ztransgaz» AJ tizimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga alohida e’tibor qaratdi.

Topshiriqlarga ko‘ra, 2022 yil 30 dekabr – 2023 yil 3 yanvar kunlari Yangi yil bayrami munosabati bilan dam olish kunlari bo‘lganligi inobatga olinib, magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan aksiyadorlik va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Imkoniyat bor (magistral gaz quvurlarda bosim tushib ketmaydigan) hududlardagi AGTKSH faoliyatiga ruxsat beriladi.

Xususan, Yangi yil bayrami kunlari aholining avtotransport vositalariga ehtiyoji ortishini inobatga olib, 29 – 31 dekabr kunlari magistral gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimi keskin pasayib ketishi ehtimoli bo‘lmagan hududlarda joylashgan AGTKSH amaldagi ish vaqtlariga mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda amaldagi ishlash vaqtlari grafiklariga joylardagi mavjud vaziyat va texnik imkoniyatdan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha MGQBlarga tushuntirish berildi.

30 dekabr – 3 yanvar kunlari dam olish kunlari bo‘lganligi inobatga olinib, magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan va strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar va korxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishi to‘g‘risida ogohlantirish xatlari yuborildi va mazkur korxonalarda muqobil yoqilg‘idan foydalanishi zarurligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilindi.

Shuningdek, 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi «O‘ztransgaz» AJ Markaziy apparati va tizimdagi barcha korxonalar birinchi rahbarlarining navbatchiligi tashkil etiladi.

31 dekabrdan 2 yanvargacha respublika iste’molchilariga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha «erkin iste’mol» rejimini ta’minlash maqsadida IESlar uchun tabiiy gaz yetkazib berish grafigi ham tasdiqlandi. Tadbirda bayram kunlari issiqlik elektr stansiyalarida aholi iste’molchilari ehtiyojini qondiradigan darajada elektr energiyasini ishlab chiqarish maqsadida ularga sutkasiga 49 million metr kubdan kam bo‘lmagan hajmda tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida barcha imkoniyatlar ishga solinishi zarurligi qayd etildi.

Nasiba Ziyodullayeva,  O‘zA