Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zto‘qimachiliksanoat“ uyushmasi va ”Xiamen ITG“ kompaniyasi hamkorlikni mustahkamladi
14:40 / 2024-01-26

Prezidentimizning Xitoyga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston – Xitoy investitsiya forumi to‘qimachilik yo‘nalishi bo‘yicha ham yangi imkoniyatlarni ochib berdi.

Ushbu forum doirasida tashkil etilgan B2B va B2G uchrashuvlar davomida “Xiamen ITG“ kompaniyasi va ”O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi o‘rtasida yana bir shartnoma imzolandi.  

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi axborot xizmatiga ko‘ra, tomonlar ushbu hujjat asosida O‘zbekistonda to‘qimachilik korxonalari faoliyatini optimallashtirish maqsadida xitoylik mutaxassis va texnologlar yigiruv fabrikalariga tashrifi tashkil etiladi. Shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari sotib olish bo‘yicha savdo operatsiyalarini kengaytirish, yurtimiz to‘qimachilik sanoat zonalarida qo‘shma loyihalar yaratish uchun Xitoy to‘qimachilik kompaniyalarini jalb etishga ko‘maklashiladi.  

 

N. Ziyodullayeva, O‘zA