Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi USFIA moda sanoati uyushmasi bilan hamkorlik qiladi
17:29 / 2022-03-21

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Davron Vahobov AQSHning USFIA moda sanoati uyushmasi prezidenti Juliya Xyuz bilan uchrashdi.

Bu haqda uyushma matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda "Cotton Campaign" koalitsiyasi tomonidan o‘zbek paxtasiga “boykot” yechilgani mamlakatimizning AQSH bozoriga kirishida istiqbolli rejalar va yo‘nalishlarga imkon ochgani xususida so‘z yuritildi.

Suhbat chog‘ida tayyor maxsulotga bo‘lgan talablar va standartlar, WRAP sertifikatini joriy etish,  shuningdek, Las-Vegasda avgust oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Magic – Business of Fashion” ko‘rgazmasida O‘zbekiston korxonalarining ishtiroki shartlari kelishib olindi.

Davron Vahobov   USFIA moda sanoati uyushmasiga a’zo mashhur brend vakillarini O‘zbekistonga taklif qilar ekan, unda mahalliy korxonalar ishtirokida biznes-forum va B2B uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutlganini qayd etdi.

USFIA prezidenti Juliya Xyuz ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlagan holda AQSH tomonidan uchrashuv samarali o‘tishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini ta’kidladi.

1989 yilda tashkil etilgan USFIA moda sanoati uyushmasi o‘zida 200 dan ortiq taniqli Amerika moda brendlari, import qiluvchilar va chakana sotuvchilarni birlashtiradi. USFIA a’zolari orasida «LeviStrauss», «Michael Kors», «TommyHilfiger», «Kohl’s», «OldNavy» va boshqa mashhur kompaniyalar bor.

O‘zA