Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zTMK” AJ ISO va Green Standard sertifikatlarini qo‘lga kiritdi  
18:55 / 2026-01-02

Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. Unda yozilishicha, so‘nggi yillarda korxonalar faoliyatida ekologik barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat va samarali boshqaruv tamoyillarini o‘z ichiga olgan ESG standartlariga muvofiq ish yuritish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. 

Shu nuqtai nazardan, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan xalqaro ISO standartlari hamda “Green Standard” sertifikatlarining qo‘lga kiritilishi korxonada zamonaviy boshqaruv tizimlari izchil joriy etilayotganidan dalolat beradi.

Mazkur tashkilotda xalqaro ilg‘or tajribalarga asoslangan integratsiyalashgan boshqaruv tizimi (IMS) to‘liq joriy etildi hamda kombinat faoliyati ISO xalqaro standartlari talablariga to‘liq muvofiq, deb baholandi. Bu tizim korxona faoliyatini sifat, ekologik xavfsizlik va mehnat muhofazasi yo‘nalishlarida kompleks ravishda boshqarish imkonini yaratmoqda.

Bu ishlar natijasida esa “O‘zTMK” AJ ISO 9001- sifat menejmenti tizimi, ISO 14001 - atrof-muhitni boshqarish tizimi, ISO 45001 -mehnat muhofazasi va ish joyida xavfsizlikni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Shuningdek, jamiyat tasarrufidagi Ingichka boyitish fabrikasi hamda Chirchiq shahrida joylashgan Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodiga “Green Standard”sertifikatlari topshirildi. Ushbu e’tirof ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik me’yorlarga qat’iy rioya etilayotganini va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida faoliyat olib borilayotganini tasdiqlaydi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA