Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘ztemiryo‘lovchi" AJ va "Shahar atrofida yo‘lovchi tashish" MCHJga qonunbuzilishlar uchun moliyaviy jarima solindi
14:13 / 2024-08-21

Raqobat qo‘mitasiga ko‘ra, ular jami 792 186 nafar iste’molchidan 1,3 milliard so‘mga yaqin ortiqcha haq undirgan.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan "O‘ztemiryo‘lovchi" AJ va "Shahar atrofida yo‘lovchi tashish" MCHJning faoliyati "Raqobat to‘g‘risida"gi hamda "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun hujjatlari asosida o‘rganib chiqildi, deb xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.

Xabariga ko‘ra, o‘rganishlar davomida "O‘ztemiryo‘lovchi" AJning Farg‘ona filiali 2023 yilda 606 380 ta chiptadan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 660 million so‘mga yaqin mablag‘ni noqonuniy undirgani aniqlangan. Shuningdek, "Shahar atrofida yo‘lovchi tashish" MCHJning Farg‘ona filiali 2024 yilning 1 yanvaridan 24 iyuliga qadar 185 806 ta chiptadan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 560 million so‘mga yaqin mablag‘ni ortiqcha undirgan. Natijada, jami 792 186 nafar iste’molchidan 1,3 milliard so‘mga yaqin ortiqcha haq undirilgan.

Shu sababli, Qo‘mitaning maxsus komissiyasi "O‘ztemiryo‘lovchi" AJ va "Shahar atrofida yo‘lovchi tashish" MCHJga iste’molchilarga ortiqcha undirilgan mablag‘larni qaytarish va qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib, moliyaviy jarima qo‘llagan. Shu bilan birga, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.

Umidjon Qurbonov tayyorladi, O‘zA