Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zsuvta’minot”AJda boshqaruv raisi kubogi uchun musobaqalar
15:20 / 2025-11-22

“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatida jamoaviy sport turlarini ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida jamiyat hamda uning tarkibidagi barcha korxona va tashkilotlar qoshida futbol, voleybol va qo‘l to‘pi yo‘nalishlari bo‘yicha jamoaviy sport klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Loyiha doirasida xodimlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, ish jamoalarida sog‘lom muhitni shakllantirish va tarbiyaviy ahamiyatga ega sport an’analarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Bugun ushbu dasturning amaliy bosqichi sifatida “O‘zsuvta’minot” AJ hamda hududiy suv ta’minoti korxonalari xodimlari o‘rtasida "Bunyodkor" akademiyasi maydonlarida futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqasiga start berildi. Tashkil etilgan turnirda jami 16 ta jamoa ishtirok etmoqda. Qur’a tashlash natijasida musobaqaning dastlabki uchrashuvlari belgilanib, musobaqalar qizg‘in boshlandi.
Tadbirni “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. Ahmad Suvonqulov ochib berdi.

Musobaqa doirasida g‘olib va faol jamoalar uchun maxsus nominatsiyalar, qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, 1-o‘rin sohibiga “Boshqaruv raisi kubogi” topshirilishi belgilangan.

Tadbirning o‘tkazilishi nafaqat xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, balki mehnat jamoalarida do‘stona muhitni mustahkamlash, jamoaviylikni kuchaytirish, shu bilan birga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Nilufar Bozorova, O‘zA