Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zsanoatqurilishbankda investorlar bilan navbatdagi onlayn uchrashuv o‘tkazildi
17:51 / 2021-08-07

Joriy yilning 6 avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank tizimida joriy o‘zgarishlar haqida yangilangan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida xalqaro biznes hamjamiyati vakillari bilan video anjuman (Investor call) formatida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda «Avesta Investment Group» (O‘zbekiston), Osiyo taraqqiyot banki, «Bluestone Investment Bank» (AQSH), «Raiffeisenbank» (Avstriya) kabi xalqaro va transmilliy kompaniyalar, respublika davlat muassasalari hamda qator tijorat banklaridan vakillar ishtirok etdi.

Onlayn uchrashuv davomida O‘zsanoatqurilishbankning 2020 yil va joriy yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari yakunlari haqida axborot berildi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi video anjumanlar banklararo munosabatlarda muvaffaqiyatli biznes-jarayonlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bankning tashqi iqtisodiy faoliyati darajasini sifat jihatdan oshirish maqsadida kelgusi reja va istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama etish uchun o‘ziga xos maydon vazifasini bajaradi.

Tadbirda tomonlar interfaol tarzda o‘zaro fikr almashishdi. O‘zsanoatqurilishbank vakillari xorijiy ekspertlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdi.

Bank Axborot xizmati