Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zsanoatqurilishbank: mijozlarga qulay bo‘lishi uchun jarayonlar soddalashtirilmoqda
15:36 / 2022-11-03

Mijozlar o‘ziga qulay bo‘lgan istalgan hududdan bank xizmatlaridan foydalanishi uchun O‘zsanoatqurilishbank tarmoqlararo va banklararo operatsiyalarni yagona bank kodiga o‘tkazish tizimini joriy etdi. Bunda tadbirkorlik faoliyatini Jizzax viloyatida yuritayotgan mijoz endi Andijonda ham bemalol o‘z biznesini yuritish uchun bank kreditlaridan muammosiz foydalana oladi. Bu bilan mintaqaviy tarmoqlardagi mablag‘lar taqchilligiga barham berildi.

Ayni vaqtda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlarini samarali olib borish maqsadida O‘zsanoatqurilishbank tizimidagi Loyiha boshqaruvi ofisida tayyorlanmoqda.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, офиснинг asosiy vazifasi bank strategik maqsadlari doirasida shakllantirilgan loyihalar portfelini boshqarishdan iborat. Bunda 30ga yaqin menejer xalqaro miqyosda keng ommalashgan metodlar asosida loyihalarning bir-biriga bog‘liqligini o‘rganadi, dolzarbligini aniqlaydi, metodologiyani qo‘llashda nazorat-tahlil ishini yuritadi. 

Prezidentimizning 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq banklarning tashkiliy tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilib, ular xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi.

– O‘zsanotqurilishbank boshqaruv tizimi, xizmat ko‘rsatish uslubi, xizmatlar va mahsulotlar katalogi, IT majmui va bank tarmoqlarining infratuzilmaviy imiji butunlay yangi biznes modeli asosida qayta qurildi, – deydi Loyiha boshqaruvi ofisi rahbari o‘rinbosari Yorqin Sultonov. – O‘tgan  davrda bankda barcha jarayonlar avtomatlashtirildi. Xususan,  tarmoqlararo operatsiyalarni yagona bank kodiga o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yildi, yagona oyna dasturi joriy qilindi, tadbirkorlarga bankdagi o‘z hisob-raqamlarini 24/7 rejimida boshqarish imkonini beruvchi “SQB Business” internet bank xizmati ishga tushirildi. Xodimlar  malakasini oshirish maqsadida Skolkova nomli Moskva biznes maktabi bilan hamkorlik o‘rnatildi.

Alohida qayd etish kerakki, ofis menejerlari ishlab chiqqan 40 ta loyihaning 18 tasi amaliyotga  tatbiq etildi, 13 tasi ishga tushish arafasida. “Zolotaya korona” pul o‘tkazmasi orqali onlayn jo‘natmalar, SWIFT operatsiyalarini onlayn treking qiluvchi GPI tizimi, “Cashmanegment” asosida masofadan turib bankomatlarni monitoring qilish tizimi, “Joyda” mobil ilovasi va u bilan birgalikda elektron savdo maydonchasi (marketpleys) hamda bankning xizmat ko‘rsatuvchi nuqtalarida o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi “Tachskrin” panellari shular sirasidan.

Tadbirda loyiha menejerlari tomonidan kredit konveyeri (kreditlash amaliyotlari bo‘yicha jarayonlarni to‘liq avtomatlashtirish) va “Joyda Pay” tizimlarini joriy qilish, “Joyda” mobil ilovasining yangi dizaynini yaratish, bankomatlar tarmog‘ini 200 taga oshirish borasida olib borilayotgani  yangiliklar haqida ham ma’lumotlar berildi.

O‘zA