Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zsanoatqurilishbank Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
11:09 / 2024-06-20

O‘zbekiston va Koreya hamkorligi azaldan yaqin do‘stlik rishtalariga, xalqlarimizning mentaliteti, an’ana va qadriyatlari o‘xshashligiga asoslangan ikki tomonlama aloqalar ustida bunyod etilgan.

Mamlakatlarimiz deyarli 20 yildan buyon strategik sherik bo‘lib kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hamda Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning siyosiy irodasi o‘zbek-koreys hamkorligini kengayishiga kuchli turtki bo‘ldi.

Bu O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘rsatkichlarida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, 2023 yil yakunida tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar o‘sib, 2,5 milliard dollarga yetdi. O‘zbekiston iqtisodiyotidagi koreys investitsiyalari hajmi esa 7,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Joriy yilning 13-15 iyun kunlari Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarning yangi davrini boshlab berdi. 

Davlat tashrifi doirasida O‘zsanoatqurilishbank va Koreya Eksport-import banki o‘rtasida banklararo kreditlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Bosh bitim imzolandi.

Mazkur umumiy qiymati 50 mln. dollar bo‘lgan kredit liniyasi koreyalik hamkorlari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirayotgan mahalliy tadbirkorlar uchun ajratiladi.

Mablag‘lar sanoat yo‘nalishidagi loyihalar, kichik va o‘rta biznes hamda yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga qaratilgan loyihalarga yo‘naltiriladi.

Ta’kidlash kerakki, Bugungi kunda O‘zsanoatqurilishbank Koreya Eksport-import banki bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda, banklar birgalikda respublikamiz iqtisodiyoti uchun eksport salohiyatini oshirilishiga qaratilgan umumiy qiymati 47,5 mln. dollarlik loyihalarni moliyalashtirib, 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga imkoniyat yaratildi.

Bank Axborot xizmati