Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozodbek Nazarbekovdan saboqlar
21:20 / 2022-03-09

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining prodyuserlik yo‘nalishida ta’lim olayotgan 2-kurs talabalariga dars o‘tdi.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, O.Nazarbekov dastlab prodyuserlik sohasi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

– Prodyuser, avvalo, universal bo‘lishi kerak, – dedi O.Nazarbekov. – U shunchaki san’atga pul tikuvchi, mablag‘i bor odam emas, balki uzoqni ko‘ra oladigan tadbirkor, sohani yaxshi tushunadigan, dunyoqarashi, fikrlash doirasi keng, tashkilotchi, tez va to‘g‘ri qaror qabul qiladigan shaxs bo‘lishi lozim. Shu bilan birga u faqat o‘zini o‘ylaydigan emas, balki butun jamoa uchun qayg‘uradigan, san’atni, tarixni, adabiyotni yaxshi biladigan, ilmli inson bo‘lishi zarur. Chunki u san’atkorning ijodini ommalashtiradi, dunyoga tanitadi. O‘zbek san’atiga bugun ana shunday professional prodyuserlar kerak.

Bundan tashqari, vazir sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi haqida ham fikr-mulohazalarini aytib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

O‘zA