Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2021 yilda Andijonda yangi shahar qurilishi boshlangan edi. Bu galgi tashrifda davlatimiz rahbari loyihaning ilk natijalarini ko‘rdi.
Xabaringiz bor, bugun respublikamiz bo‘ylab “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” keng nishonlanmoqda. Ayniqsa, Yangi Andijon shahridagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da tashkil etilgan xalq sayli o‘zgacha ruhda, fayzli o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari mazkur tadbirda ishtirok etdi. Bog‘ juda go‘zal ko‘rinishda. Ushbu manzilda bir qator ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlar ham foydalanishga topshirildi.
Jumladan, amfiteatr, dam olish joylari, kafeteriylar, bolalar o‘yingohi, dekorativ piyodalar yo‘laklari, sug‘orish, yoritish tizimlariga, avtoturargoh va boshqa kichik arxitektura inshootlariga ega bo‘lgan bog‘ Yangi Andijonning ko‘rki bo‘lib turibdi.
Konsert tashkilotchilaridan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zA muxbiriga bergan intervyusida soha xodimlari kuni yangi bog‘da o‘tayotgani va Prezident tashrifi qo‘shaloq bayram bo‘lganini aytadi. Ko‘plab madaniyat vakillari katta xursandchilik, quvonch bilan ushbu tadbirda chiqish qilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/iIh0rK2Nj0Q" title="Ozodbek Nazarbekov: Soha xodimlari kuni Yangi Andijonda oʻtayotgani ramziy maʼnoga ega!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev, Nosirjon Haydarov va Iskandar Ismatov (video), O‘zA