Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozod yurtga yarashgan bayramlar
20:15 / 2021-08-28

Milliy matbuot markazida Prezident farmoniga muvofiq bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlariga «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev tantanali ravishda o‘z egalariga topshirdi.

Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida erishilgan yuksak natijalarda axborot sohasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassislarning ham ulkan hissasi borligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbarining e’tiboriga sazovor bo‘lgan 300 ga yaqin ommaviy axborot vakillari bu mukofotlar el-yurt oldidagi xizmatlarining yuksak e’tirofi ekanini aytib, minnatdorlik bildirdi.

N.Usmonova, O‘zA