Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozod yurt istiqloli tarannum etildi
10:59 / 2025-08-10

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi “Umummilliy birdamlik festivali” Surxondaryo viloyatida ham o‘zgacha kayfiyat va ko‘tarinki ruh bilan boshlandi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil qilinayotgan festival doirasidagi tadbirlarda xalqimiz suygan san’atkorlar, taniqli aktyorlar, ilm-fan, san’at, adabiyot namoyandalari ishtirok etmoqda.                                                        

Festival doirasida ma’naviyat, yurtga sadoqat, vatanparvarlik yo‘nalishlaridagi turli loyihalar amalga oshirilmoqda, uchrashuvlar, konsertlar, adabiy suhbatlar tashkil etilmoqda. Bayram tadbirlarida qatnashayotgan har bir yurtdoshimizning yuzida tabassum, bugungi kunidan mamnunlik zohir.

Sherobod, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on va Angor tumanlarida bo‘lib o‘tgan “Ma’naviyat festivali” ham unutilmas voqealarga, samimiy suhbatlarga boy bo‘ldi. Tadbirlarda Vatan, yurt istiqloli, inson qadrini ulug‘lash g‘oyalari bosh mavzuga aylandi, hurlik, adolat, ezgulikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar kuylandi. 

Dastlab “Inson qadri” loyihasi doirasida Sherobod tumanidagi manzilli koloniyadagi mahkum va mahkumalar holidan xabar olindi. Ijodiy guruh a’zolari ishtirokida Jarqo‘rg‘on tumanidagi harbiy qismlardan birida “Shijoat” va “Harbiy qismda bir kunim” loyihalari ham o‘tkazildi. 

– Bu yilgi festival dasturi rang-barang bo‘lib, qator loyihalarni qamrab olgan, - deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari  Nargiza Rahmatullayeva.  – Aholi, jumladan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik, mehr-oqibat, vatanparvarlik, daxldorlik kabi tuyg‘ularini oshirishga qaratilgan “Umummilliy birdamlik”, “Kitob marafoni”, “Dildagi gaplar” kabi ijtimoiy loyihalar shular jumlasidandir.

[gallery-24683]

Uchrashuvlarda xonadon sohiblari bilan inson qadrini ulug‘lash, qadriyatlarni targ‘ib qilish, mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash haqida suhbatlar qurildi. Oilalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.        

Bu kabi tadbirlar yurtdoshlarimiz, jumladan, yoshlar qalbida islohotlarga daxldorlik, o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik, vatanparvarlik, shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish, mahallalarda aholi kayfiyatini ko‘tarish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.     

<iframe width="791" height="433" src="https://www.youtube.com/embed/cGJyfHz0I6Q" title="Ozod yurt istiqloli tarannum  etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>                         

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video),O‘zA