Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zMUda Maxtumquli Firog‘iy asarlari falsafasiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi
15:44 / 2025-10-17

Maxtumquli Firog‘iy – turkman xalqi milliy adabiyoti va madaniyatida o‘zining o‘chmas izini qoldirgan buyuk shoirlardan biri. Uning ijodi o‘zlikni anglash, birlik va adolat g‘oyalarini targ‘ib etishi bilan ajralib turadi.

Aytish mumkinki, o‘lkamizda Maxtumquli, Turkmanistonda esa Alisher Navoiy asarlari o‘qilmagan xonadon yo‘q. O‘tgan yili davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi keng nishonlandi.

Kecha poytaxtimizda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Turkmanistonning yurtimizdagi elchixonasi va O‘zMU hamkorligida “Maxtumquli she’riyati falsafasining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida ilmiy anjuman o‘tkazildi.

[gallery-25771]

Tadbirda diplomatik korpus vakillari, olimlar, universitet professor-o‘qituvchilari, shuningdek, adabiyotshunoslik va madaniyatlararo muloqot sohasidagi mutaxassislar va talabalar ishtirok etdi.

Konferensiyani o‘tkazishdan maqsad – Maxtumqulining jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini tahlil qilish va akademik hamjamiyat vakillari o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar hamda g‘oyalar almashish uchun platforma yaratishdan iborat bo‘ldi.

Yig‘inda so‘z olganlar shoirning ijodi butun turkiy olamning bebaho ma’naviy merosi ekanligi, uning falsafasi millatlararo tushunish va madaniy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini alohida ta’kidlashdi. 

Umuman olganda, tadbir nafaqat buyuk shoir va mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi, balki ilmiy muloqot va fikr almashish uchun ham muhim platforma bo‘lib xizmat qildi, deyish mumkin. 

O‘.Alimov, R.Nazarmatov (foto),

O‘zA