Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zMU rektori universitetning Jizzax filialiga bordi
11:50 / 2021-06-14

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov universitetning Jizzax filialiga tashrif buyurdi.

Universitet rektori tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalarning yashash, o‘qish, madaniy hordiq chiqarish, mehnat qilishlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Talabalarning bilim olishlari bilan birga dam olishlari, o‘z ustida ishlashlari, ilmiy izlanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish borasida rejali va tizimli ish tashkil qilish xususida fikr almashinildi.

Filial jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvda bugungi ta’limdagi islohotlar, yechimini kutayotgan muammolar, o‘qitishning jahon standartlari darajasiga olib chiqish borasidagi amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar xususida fikr almashinildi. Bugun jamiyat va taraqqiyot uchun raqobatbardosh, izlanuvchan, dunyoqarashi keng, fikrlaydigan, axborot texnologiyalari, chet tillarini o‘zlashtirgan, vatanparvar kadrlar tayyorlash ustuvor vazifamiz ekanligi universitet rektori tomonidan ta’kidlandi.

O‘zMU rektori Jizzax filialiga tashrifi doirasida kun tartibida turgan masalalar yechimi bo‘yicha aniq takliflarini berdi.

O‘zMU Axborot xizmati