English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zMTDP saylovda ishtirok etish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasiga murojaat yubordi 
17:53 / 2024-08-16

Shu yil 31 iyulda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida siyosiy partiyaning ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash uchun har bir siyosiy partiyaga imzo varaqalari blankalari berildi. Shundan so‘ng, partiyalar ushbu jarayonni uyushqoqlik bilan tashkil etishga kirishdi.

Jumladan, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan ham saylovda ishtirok etishning muhim talablaridan biri bo‘lgan saylovchilar imzosini to‘plash ishlari qizg‘in amalga oshirildi. Partiyaning barcha darajadagi tashkilotlari, partiya faollari, mahalliy Kengash deputatlari imzo yig‘ish jarayoniga mas’uliyat bilan yondashib, belgilangan miqdordagi imzolarni to‘pladi. 

Bugun, 16 avgust kuni O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan imzo varaqalari Markaziy saylov komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun topshirildi. 

[gallery-18762]

— Bu yilgi saylovda “Ye-saylov” axborot tizimining ishga tushirilgani eng muhim yangiliklardan biri bo‘ldi, — deydi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining vakolatli vakili, partiya raisi o‘rinbosari Bahodir Mamatxonov. — Ushbu tizim hujjatlar almashinuvida, zarur axborot va ma’lumotlarni olishda qulayliklar yaratmoqda. Partiyamizning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasiga murojaati ham “Ye-saylov” axborot tizimi orqali yuborildi. Shundan so‘ng belgilangan miqdordagi imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga topshirdik. 

Ta’kidlash joizki, siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilgani MSKning ekspert guruhlari tomonidan besh kunlik muddatda tekshirib chiqiladi. 

Muhtarama Komilova, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA