Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zmilliybankning “Birga o‘zgaramiz” roudshousi boshlandi
18:59 / 2022-08-10

«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatida Bankning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish doirasida bank faoliyatini strategik jihatdan transformatsiyalash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zmilliybank” AJning 150 dan ortiq hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Taqdimotda transformatsiya idorasi mutaxassislari spikerlar sifatida ishtirok etib, ular 2025 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan strategik vazifalar, tashabbus va loyihalar haqida so‘zlab berdi.

“O‘zmilliybank” AJ Boshqarma raisi o‘rinbosari o‘z nutqida : “Maqsadimiz muvaffaqiyati avvalo o‘zimiz va umuman olganda, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan jamoaviy ishimizga bog‘liq. bugungi strategik jihatdan muhim sessiya doirasidagi muloqot barcha ishtirokchilar uchun foydali bo‘ladi va albatta, butun mamlakat bank tizimini yanada rivojlantirishga o‘z ta’sirini ko‘rsatishiga ishonchim komil” deb ta’kidladi.

Tadbirning ikkinchi qismida guruh ishlari tashkil etildi. Bank filiallari rahbarlari tomonidan mijozlar va xodimlar duch kelayotgan muammolar ko‘rib chiqildi va ularni hal etish bo‘yicha eng yaxshi g‘oyalarni topishga e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, barcha xodimlar o‘zgarishlarda faol ishtirok etishi va faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha g‘oyalarini taqdim qilishlari uchun bunday tadbirlarni tez-tez o‘tkazishga kelishib olindi. Yig‘ilish do‘stona muhitda o‘tdi, har bir xodimni transformatsiya jarayoniga imkon qadar jalb etish maqsadida O‘zmilliybankning har bir filialida avgust oyining oxiriga qadar bunday tadbirlarni o‘tkazish belgilab olindi.

Tadbir doirasida norasmiy muloqot muhitini yaratish, umumiy ruh va jamoada ishlash qobiliyatini shakllantirish, yangi yetakchilarni aniqlashga qaratilgan timbilding o‘tkazildi. Turli bellashuvlar, intellektual tanlovlar ham qiziqarli o‘tdi.

«O‘zmilliybank» AJ

Matbuot xizmati