Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank”AJ: har bir tadbirkor o‘z brendiga ega bo‘lishi kerak
11:40 / 2023-09-21

Xalqimiz bunyodkorlik va yaratuvchanlikni yaxshi ko‘radi. Shu bois yoz va kuz mavsumi o‘zbek xonadonlarida yangidan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan qizg‘in o‘tadi. O‘z o‘zidan bu aholi orasida arzon va sifatli qurilish mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyojni oshiradi.

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan “New Best Style” MCHJga qarashli gulqog‘oz ishlab chiqarish zavodi ham O‘zmilliybankning Hazorasp bank xizmatlari markazi bilan doimiy hamkorlikda ish olib bormoqda. Ushbu korxona o‘z faoliyatini 2019 yilda boshlagan. Bugungi kunda 100 dan ortiq dizayndagi gulqog‘ozlarni ishlab chiqarmoqda. Mazkur loyiha uchun “O‘zmilliybank” AJ tomonidan 37 milliard 72 million so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan. Loyihaning umumiy qiymati – 66 milliard 765 million so‘mni tashkil etadi. 

– Ish faoliyatimizni 2020 yil yanvar oyida boshladik, – deydi “New Best Style” MCHJning ish boshqaruvchisi Ravshan Otajonov. – Ishlab chiqarish jarayoni uch bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich uchun 3,2 milliard so‘m sarflangan bo‘lsa, shundan 1,2 milliard so‘mi “O‘zmilliybank” AJ mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqich bo‘yicha korxonaning yillik quvvati 650 ming dona gulqog‘oz bo‘lib o‘sha paytda 40 ta xodim faoliyat ko‘rsatgan. Mahsulotlarimizning 90 foizi mahalliy bozorga taqdim etilgan. Va biz to‘rtta qo‘shni davlatlar bilan eksport bo‘yicha shartnomalar imzoladik. 

Loyihaning ikkinchi bosqichi 3 million AQSH dollaridan iborat. Shundan 1 million 336 ming AQSH dollari O‘zmilliybank hisobiga to‘g‘ri keladi. Mazkur kredit mablag‘lari korxonani jihozlashga sarflanib, Xitoy davlatidan zamonaviy dastgohlar keltirib o‘rnatildi. Qo‘shimcha 80 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Ikkinchi loyiha bo‘yicha yillik ishlab chiqarish quvvati ikki barobarga oshdi. Eng asosiysi, nafaqat ishlab chiqarish hajmi, shuningdek, korxona mahsulotlarining eksport geografiyasi ham kengaydi. Avvaliga O‘rta Osiyo davlatlari bilan shartnoma tuzilgan bo‘lsa, keyinchalik, Rossiya, Belorus, Ozarbayjon, Armaniston kabi davlatlarga mahsulot yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. 

Joriy yilning avgust oyida zavodda yana bir jiddiy loyiha ya’ni uchinchi bosqich amalga oshirildi. Loyihaning umumiy qiymati 3 million dollardan iborat bo‘lib, shundan 2 millionga yaqini kredit mablag‘lariga to‘g‘ri keladi. Yangi loyihaning ishga tushishi bilan yana 30 ta xodim ishga olindi. Umumiy hisobda korxonada 210 nafar ishchi xodim faoliyat olib bormoqda. 

– Mahsulotlarimiz ichki va tashqi bozor uchun mo‘ljallangan. Sababi ishlab chiqarayotgan gulqog‘ozlarimizga mahalliy aholining talabi katta. Ammo biz eksport borasida ham o‘z oldimizga reja qo‘yganmiz. Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, korxona 2022 yilda 6,5 million AQSH dollari miqdorida mahsulotlarni eksport qilgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib eksport hajmini 8, 5 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Yana bir muhim jihat esa hozirda mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha ish olib boryapmiz. Boisi mahsulotni ishlab chiqarishda 30 foizga yaqin xomashyo o‘zimizdan, qolgan 65 foizi chetdan kirib keladi. Agar biz xom ashyoni ham o‘zimizda yetishtiradigan bo‘lsak bu korxona rivojiga, mahsulotlarning esa hamyonbop bo‘lishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. 

Ta’kidlash kerak, korxona mahsulotlarini “MAX DESOR” va “DILMAX” brendi ostida ishlab chiqarmoqda. Tadbirkorning rejalaridan biri Yevropa bozorida o‘z o‘rniga va shaxsiy brendiga ega bo‘lish. Xay-tek, sharqona va aralash uslubda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar dizayn jihatidan ham, sifat jihatidan ham xaridorlar talabiga mos. Eng ahamiyatlisi korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlar o‘zimizning iqlim sharoitga to‘liq mos. Bu esa uning sifat borasidagi eng katta yutug‘i. 

Xulosa qilib aytganda, O‘zmilliybank Xorazm viloyatida ham istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Asosiy maqsad esa yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi farovonligini yanada oshirishdan iborat. 

Reklama huquqi asosida

“O‘zmilliybank” AJ 

Matbuot xizmati