French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank”AJ: bolajonlar uchun ochiq eshiklar kuni
12:28 / 2022-06-06

Mamlakatimizda yozning birinchi kuni, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanadi.

Bolalar inson hayotini quvonch, xursandchilikka to‘ldiradigan mo‘’jizadir. Bolalik har qanday inson hayotidagi eng sehrli daqiqalardir. 
Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalari. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. 

O‘zbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda. Bayram munosabati bilan “O‘zmilliybank” AJ Namangan viloyati filiali tomonidan o‘tkazilgan bayram tadbirida bu yana bir bor namoyon bo‘ldi.  Bank binosi bo‘ylab 100 dan ortiq bolajonlar uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi. 

– Har bir yosh toifasini o‘ziga xos jihatlari bor. Biz, maktab bitiruvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan ko‘p tadbirlar uyushtirganmiz. Bu safar bolajonlar bilan dillashib, ularga quvonch ulashdik. Bunday tadbirlarimiz bardavomdir, – deydi “O‘zmilliybank” AJ Namangan viloyati filiali boshqaruvchisi Temurmalik Barotov. 

Tadbir yakunida bolajonlar uchun ertak qahramonlari ishtirokida konsert dasturi tashkil etilib, shirinlik va esdalik sovg‘alari  tarqatildi.

“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati