Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” vakillariga O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etilgan yangi nashrlar topshirildi
17:21 / 2023-03-01

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etilgan yangi kitob va qo‘llanmalarni “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyatiga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi mazkur “Ona tilim – mangu makonim”, “O‘zbekiston joy nomlari”, “Tibbiyot atamalarining izohli lug‘ati”, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish”, “Adabiyot o‘qitish metodikasi (1-2-qism)” nomli kitob va qo‘llanmalari taqdimoti o‘tkazildi.

[gallery-10761]

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi vakillari, taqdimoti o‘tkazilayotgan kitob va qo‘llanmalar mualliflari, “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.

Bank vakillariga yangi nashrlar topshirildi.  

Ta’kidlash joiz, mazkur kitob va qo‘llanmalar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy hokimliklarga bepul, belgilangan taqsimot asosida joriy yil yakuniga qadar tarqatiladi.  

Kamola Yusupova,

Oybek Pardayev (surat), O‘zA