Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zmilliybank turizm rivojiga ko‘maklashmoqda
20:07 / 2023-09-16

O‘ziga xos qadriyatlari, betakror an’analari, hunarmandchilik namunalari, zavol topmas san’ati va boy madaniyati bilan umrboqiy shahar nomiga sazovor Xiva dunyo etibori hamda e’tirofi markazida. Qolaversa, Xiva shahriga tarixiy binolarining salobatli qiyofasi ham hashamdorlik baxsh etib turadi. Qadimiyligi bilan sayyohlarni jalb etadi. Shu bois avval xabar berganimizdek, 14-15 sentyabr kunlari “O‘zmilliybank” AJ matbuot xizmati tashabbusi bilan Xiva shahriga OAVlari xodimlari ishtirokida press-tur o‘tkazildi.

Tadbirning ilk kunida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan bank mijozlari, tadbirkorlik sub’ektlari bilan tanishildi. Press-turning ikkinchi, ya’ni 15 sentyabr kuni ishtirokchilar bankning turizmni qo‘llab-quvvatlash borasida Xiva shahrida olib borayotgan ishlariga guvoh bo‘lishdi. 160 nafar mehmonga xizmat ko‘rsatadigan “Farovon Xiva” mehmonxonasi 7 gektarlik maydonda qad ko‘targan. Mehmonxonaning tashqi va  ichki ko‘rinishi, xonalarining har bir mayda detaligacha oliy toifali dizayner-injenerlar tomonidan maxsus ishlab chiqilgan. Umumiy xonalarning soni 106 ta bo‘lib, ulardan 6 tasi davlat rahbarlari va  yuqori  martabali mehmonlarni kutish uchun mo‘ljallangan. Undan tashqari, mehmonxonada basseyn, fitnes zal, restoranlar va turli xil tadbirlarni o‘tkazish uchun o‘nta konferensiya zallari mavjud. Jami 168 nafar ishchi – xodim ishlamoqda.  

[gallery-13611]

“Farovon Khiva” mehmonxonasi barcha mehmonlarni bevosita yaxshi kutib olish bilan birga, ularga taqdim etiladigan  barcha xizmatlarni eng yuqori darajada ko‘rsatadi va jahon  talablariga  to‘liq  javob bera oladi. Jurnalistlar press-tur davomida mehmonxona xizmatlari va bu borada turistlarning fikri bilan qiziqdi. Xorijlik mehmonlarning iliq taassurotlari jurnalistlar diqqat markazida bo‘ldi. Shuningdek, press-tur davomida Xiva shahrida joylashgan Nurillaboy saroyi ham ko‘zdan kechirildi. Jurnalistlar Xiva xonlarining yozgi qarorgohi bo‘lgan tarixiy ob’ektning bugungi qiyofasi, turistik imkoniyatlari va tarixiy eksponatlari bilan qay darajada boyitib borilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor bo‘ldilar. Xulosa qilinadigan bo‘lsa, O‘zmilliybank matbuot xizmati tashabbusi bilan tashkil etilgan press-turda qatnashgan OAVlari xodimlari bankning hududlarda amalga oshirayotgan yangidan-yangi loyihalari, shuningdek, turizmni qo‘llab-quvvatlash borasidagi o‘ziga xos tashabbuslariga guvoh bo‘lishdi.  

Ahmadjon Shokirov,  

Behzod Saidov(Surat) O‘zA