bugungi kunda jamiyatimizda yuz berayotgan yangilanish va o‘zgarishlar barcha korxona va tashkilotlar, aholi xonadonlarida muqobil elektr energiyasidan oqilona foydalanishni talab etmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, 2022 yilda Toshkent viloyatidagi 200 dan ortiq ehtiyojmand oilalar xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatilgan. Buning uchun mahalliy byudjetdan 2 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar yo‘naltirildi. Shu bilan birga, ko‘plab sanoat tarmoqlari va tashkilotlarga ham bunday qurilmalar o‘rnatildi.
2023-2024-yillarda bu ko‘rsatkich 6-7 barobarga ko‘paytirilib, 1,5 mingdan ortiq xonadonlar va ko‘p qavatli uylarga quyosh panellarini o‘rnatish ishlari boshlangan. Xususan, Bo‘stonliq, O‘rta Chirchiq, Bo‘ka tumanlari hamda Nurafshon shahridagi aholiga shunday qulayliklar yaratilmoqda. Muhimi, bu sa’y-harakatlarni aholi to‘g‘ri qabul qilmoqda.
Prezidentimizning 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida “O‘zmilliybank” AJ Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi tomonidan ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, boshqarma binosining tom qismidagi 400 kvadrat metr joyda soatiga 60 kilovatt energiya ishlab chiqarish quvatiga ega qo‘yosh panellari o‘rnatildi. Bu jami elektr energiya sarfining 113 foizini tashkil qiladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yillik elektr energiya sarfi 211 ming 200 kilovattni, o‘rtacha bir oyda esa – 17 ming 600 kilovattni tashkil qiladi. Yangi o‘rnatilgan quyosh panellari bir oyda – 16 ming kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda. Bu esa tashkilotning 1 oylik energiya sarfining 90 foizini ta’minlaydi. Natijada taxminan 7 million 200 ming so‘m mablag‘ tejalyapti.
Ayni paytda mazkur boshqarma tarkibida Nurafshon amaliyot bank xizmatlari markazi joylashgan bo‘lib, unda jami 147 nafar hodim mehnat qilmoqda. Bu yerda 29 ming nafar jismoniy va 3 ming 241 nafar yuridik mijozlarga hizmat ko‘rsatiladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “O‘zmilliybank” AJ Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi tasarufidagi Angren, Bekobod, Yangiyo‘l va G‘azalkent filiallarida ham quyosh panellari o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, suv isitish, yulaklardagi yoritish chiroqlarini muqobil energiya taminotiga o‘tkazish rejalashtirilgan.
<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/cP5bOtn-HXE" title="O‘zmilliybank Toshkent viloyati filiali binosiga quyosh panellari o‘rnatildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>A.Musayev, O‘zA.