Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” tadbirkorlarning ilg‘or takliflarini qo‘llab-quvvatlamoqda
19:11 / 2023-10-25

Avval xabar berganimizdek, "O‘zmilliybank" AJ ning matbuot xizmati tashabbusi bilan OAV xodimlari ishtirokida Buxoro viloyatiga press-tur tashkil etildi.

Tadbirning birinchi kunida Buxoro shahri va Romitan tumani hududidagi bank mijozlari faoliyati bilan tanishilgan bo‘lsa, ikkinchi kuni G‘ijduvon BXMda mijozlar uchun ko‘rsatilayotgan yangi bank xizmatlari o‘rganildi. “O‘zmilliybank” AJ Buxoro viloyati G‘ijduvon bank xizmatlari markazi 1997 yil sentyabr oyida 16 nafar ishchi xodim bilan faoliyat boshlagan. Hozirga kelib 43 nafar professional mutaxassislar mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.

Mazkur markaz tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan G‘ijduvon erkin iqtisodiy zonasi hududlarida yirik ishlab chiqarish korxonalari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazlari, umumiy ovqatlanish maskanlari tashkil topdi va “Yangi O‘zbekiston” massivida zamonaviy ko‘p qavatli turar joy binolari barpo qilindi. Tadbirkorlik sub’ektlariga kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida 116 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Markazda jami 22,7 mingta mijozlarga xizmat ko‘rsatiladi. Shundan 19,5 mingtasi jismoniy shaxslar va 3,2 mingtasi yuridik shaxslar hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning jami depozit qo‘yilmalari 38,7 milliard so‘mni tashkil etadi. Hozirda BXMda zamonaviy innovatsion bank xizmatlari ko‘rsatilishiga alohida ahamiyat qaratilgan.

[gallery-14217]

Mijozlarning 71 foizi masofadan boshqariladigan bank xizmatlaridan foydalanmoqda. Bunda hisobraqamlarda bank aylanmalarini amalga oshirish, onlayn kredit rasmiylashtirish yoki kredit qarzdorligini qoplash, xalqaro va milliy plastik kartochkalarda har qanday bank amaliyotlari hamda to‘lovlarni amalga oshirish, omonat rasmiylashtirish, xorijiy valyutalarda konversion amaliyotlar, pul o‘tkazmalari kabi bank xizmatlaridan foydalanish mumkin.

Xabaringiz bor, “O‘zmilliybank” AJ xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashda ishbilarmonlar uchun asosiy moliyaviy hamkor bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda G‘ijduvon tumanida xizmatlar yo‘nalishi bo‘yicha 479 tadan ziyod korxona faoliyat olib bormoqda.

Xususan, “SAFIRA” MCHJ tomonidan diagnostika va davolash maskani xizmati tashkil etilgan. Ilk faoliyatini 2012 yilda boshlagan klinika rahbari dastavval stomatologiya xizmatini yo‘lga qo‘ygan edi. 2018 yilda esa tibbiy markazning faoliyati yanada kengaydi. Bankning moliyaviy ko‘magi yordamida markazga MSKT, MRT, UZI, Rentgen, EKG va laboratoriya tahlillarni o‘tkazish imkonini beruvchi tibbiy uskunalar o‘rnatildi. Markazga asosan, kardiologiya, ginekologiya, stomatologiya, urologiya kabi sohalarda malakali va tajribali mutaxassislar jalb qilingan. Hozirgi kunda ushbu tibbiyot muassasasida kuniga 300 ga yaqin bemorga xizmat ko‘rsatiladi. Mazkur klinikada nafaqat G‘ijduvon tumani, qo‘shni hududlar aholisiga ham xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan. Klinikada 40 dan ortiq ishchi o‘rni yaratilgan.

Muxtasar qilib aytganda, “O‘zmilliybank” AJ Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi tomonidan bugun viloyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlari ortib, hududdda yangidan yangi loyihalar ishga tushmoqda. Bu esa aholi farovonligini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda. Eng asosiysi, bankimiz har doim tashabbuskor tadbirkorlar va ilg‘or takliflarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

“O‘zmilliybank”AJ 
Matbuot xizmati