Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zmilliybank tadbirkorlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi
16:28 / 2023-08-30

Tadbirkorlik bugun zamonaviy jamiyatning eng muhim tarmog‘iga aylandi. Nafaqat o‘zi, yaratgan yangi ish o‘rinlari bilan atrofdagilarga nafi tegadigan mazkur soha vakillari imkoniyatlarning yangi bosqichida. Bugun berilgan imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalanib, tadbirkorligini rivojlantirayotganlar ko‘p.

Jizzaxlik tadbirkor Islomjon Abrorov  ana shulardan biri. U “O‘zmilliybank” AJning Jizzax viloyati bosh boshqarmasidan tibbiy xizmatlarni tashkil etish maqsadida 20 oydan ko‘p bo‘lmagan imtiyozli davr bilan 600 million so‘m kredit olib, stomatologiya sohasida faoliyat boshladi.  

Boshida 5 nafar xodim bilan ishni tashkil etgan yurtdoshimiz, hozirda 10 ga yaqin tibbiy xodimlarni ish bilan ta’minlagan.  Asosiysi, mazkur kichik markaz zamonaviy tibbiy uskunalar va zarur apparatlar bilan to‘liq jihozlangan.  

– Klinikaning o‘zida rentgen tekshiruvlari o‘tkazish orqali bemorning ortiqcha ovoragarchiligiga chek qo‘ydik, – deydi klinika rahbari Islomjon Abrorov. –Asosiysi,  Jizzax shahrida tibbiy xizmat ko‘rsatish ob’ekti yana bittaga ko‘payib, mijozlarga qulaylik yaratilmoqda.  

Qolaversa, tibbiyot muassasasini jihozlash ishlarida tadbirkor o‘z hisobidan 300 million so‘m mablag‘ sarflab, bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Markaz 700 nafarga yaqin bemorga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.  

Jizzaxliklar nafaqat xizmat ko‘rsatish tarmog‘i, shuningdek, ishlab chiqarish sohasida ham o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rayotgani quvonarli albatta. Xususan, tadbirkor Karimjon Ne’matov tashabbusi bilan tashkil etilgan gilam ishlab chiqarish faoliyati uchun “O‘zmilliybank” AJ ning Jizzax viloyati bosh boshqarmasidan 600 million so‘mlik kredit ajratilib, evaziga zarur uskunalar va texnologiyalar sotib olindi. Jizzax shahrida gilam sanoati yo‘lga qo‘yildi. Loyiha ishga tushishi hisobida  20 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.  

– Hozirda mahsulotlarimizga ham ichki, ham tashqi bozorda talab yuqori, – deydi korxona rahbari Karimjon Ne’matov. – Biz bu borada yangi-yangi loyihalar ustida ishlamoqdamiz va ishlab chiqarish hajmini oshirishni maqsad qilganmiz. Bu borada shubhasiz, O‘zmilliybankning moliyaviy yordamidan foydalanamiz va hamkorlikni davom ettiramiz. Bu esa korxonamiz iqtisodiy quvvatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga zamin bo‘ladi.  

Tadbirkor gilam sanoatida Yevropa standartlari va Osiyo tajribalarini ham ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etmoqda. Bu esa bozorni  sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlayotir.  

Shu o‘rinda aytish kerak, “O‘zmilliybank” AJ tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida eng kerakli hamkor va moliyaviy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.  

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Life Import” qo‘shma korxonasi O‘zmilliybank krediti  hisobiga istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda.  

– Korxonamiz  shprits va sistema  mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy loyiha qiymati 6 million AQSH dollarini tashkil etadi, – deydi korxona ish yurituvchisi Lazizxon Ibragimov. – Birinchi tarmoqda Bank hisobidan 556 750 AQSH dollari olgan bo‘lsak, ikkinchi tarmoqda 1 245 250 AKSH dollari miqdoridagi mablag‘dan foydalandik. Korxonani ishga tushirishda o‘z mablag‘imiz hisobidan 4 198 000 AQSH dollari sarflandi va 30 ga yaqin ish o‘rni yaratildi. Mahsulotlarimizni ayni paytda ichki bozorga, shuningdek, qo‘shni davlatlardan Qozog‘iston, Tojikistonga ham eksport qilyapmiz. Kelajakdagi rejalarimiz esa ishlab chiqarishda mahsulotlar turini ko‘paytirish va quvvatni yanada oshirishdan iborat.  

Xullas, bugun O‘zmilliybank respublikamizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkor yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ularga ham moliyaviy, ham biznes savodxonlik borasida ko‘makdosh bo‘lib kelayotir. Bu esa o‘z navbatida yangi loyihalarning amaliyotga joriy etilishiga asos yaratmoqda.  

“O‘zmilliybank”AJ  

Matbuot xizmati,  

Reklama huquqi asosida