English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” korrupsiyadan xoli bankka aylanadi
16:38 / 2023-11-30

“O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo viloyati boshqarmasida aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Unda boshqarmaning Termiz bank xizmatlari markazi xodimlari bevosita, Denov, Qumqo‘rg‘on bank xizmatlari markazlari, Sherobod, Jarqo‘rg‘on bank xizmatlari ofislaridagi xodimlar videokonferens aloqa shaklida ishtirok etdi.

Tadbirda “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azim Rahmatov “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar. bank faoliyati ochiqligini ta’minlash, korrupsion xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, korrupsiyaga karshi kurashishning zamonaviy tizimlarini joriy etish to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Azizov vohada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar, iqtisodiyot tarmoqlarida korrupsiya holatlarining yuzaga kelish sabab va oqibatlari hamda bu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish haqida so‘z yuritdi. Bosh boshqarma bosh yuristkonsulti Maqsudjon Hakimjonov korrupsiyaga sharoit yaratadigan omillarni bartaraf etishda xodimlarning o‘rni va manfaatlar to‘qnashuvining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri xususida fikr almashdi.

–Korrupsiyasiz hayot – yuksalish mezoni,–deydi “O‘zmilliybank” AJ Surxondaryo viloyat bosh boshqarmasi xavfsizlik rejimi va axborot himoyalash bo‘limining kompleans nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Burxon Hakimov.–Bankimizda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqilgan bo‘lib, unda belgilangan tegishli chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda xodimlarda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirib, korrupsiyaga sharoit yaratadigan omillarni to‘liq bartaraf etish choralari ko‘rilayotir. Har bir xodim, shuningdek, yangi ishga qabul qilinayotganlar ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha avtomatlashtirilgan SAP (Success Factors Learning Management System) tizim orqali o‘qitilib, malaka oshirmoqda. Ishonch tedefonlari orqali mijozlar bemalol ko‘rsatilgan xizmat sifati va xodimlarning muomila madaniyati to‘g‘risida muojaat etishi mumkin. Endilikda bank operatsiyalarini elektron tizim, ya’ni inson omilini aralashtirmagan holda amalga oshirish imkoniyati yaratilayotir. Bu borada olib borilayotgan barcha ishlar xodimlarning o‘z vazifasiga mas’uliyatini yanada oshirib, xizmat ko‘rsatishda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashda muhim omil bo‘ladi. 

[gallery-14830]

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri