Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zmilliybank ko‘magida bojxona ombori ish boshladi
19:27 / 2021-01-28

Bojxona qonunchiligi, Xalqaro Bojxona tashkiloti tavsiyasiga asosan bojxona nazorati jarayonini soddalashtirish va osonlashtirishga alohida e’tibor qartilmoqda. Jumladan, Bojxona xizmati atrofida infrastruktura tashkil etilayotir. Shulardan eng asosiysi tovarlarni saqlash omborlari hisoblanadi. Mamlakatimizda ham ana shunday omborlar faoliyati yo‘lga qo‘yilayotir.

Ta’kidlash kerakki, omborlar oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, ularning ozuqaviy va biologik holati buzilmasligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ishonib topshirilgan tovarlarni uzluksiz sifatli saqlanishi imkonini beradi.

«Fruzal» mas’uliyati cheklangan jamiyati bojxona ombori ham o‘z faoliyatini “O‘zmilliybank” ko‘magida yo‘lga qo‘ygan. Bank tomonidan ajratilgan 16 milliard 200 million so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari evaziga korxona Germaniyadan bir vaqtning o‘zida 1300 tonnaga yaqin tovarni saqlay olish imkoniga ega 10 ga yaqin “Bitzer” sovutgichlarni harid qildi.

Korxona bojxona omborxonasi vazifasini bajarish uchun barcha qulayliklarga ega. Jumladan, katta tonnalik transport vositalarini boshqarish imkonini beruvchi maydoncha, yirik hajmdagi yuklarni tashish va tashib olib kirishga mo‘ljallangan temir yo‘l tarmog‘i, ko‘prik kran, kuzatuv tizimi, yong‘in hamda xavfsizlik xizmati tizimlari bilan ta’minlangan.

«Fruzal» MCHJ bojxona omborida 15 ga yaqin xodim ishlaydi. Kelgusida esa ish o‘rinlari sonini oshirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifati va mijozlar taklif va istaklarini amalga oshirish maqsadida, xizmat ko‘rsatish turi va sonini ko‘paytirish ham korxonaning kelgusidagi rejalari qatoriga kiritilgan.

Bank matbuot xizmati,

Reklama huquqi asosida