Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zmilliybank" an’anaviy Cbonds Awards CIS mukofotiga sazovor bo‘ldi
12:35 / 2021-06-26

2020 yilning boshida mamlakatimiz Prezidenti o‘zining Senat va Qonunchilik palatasiga murojaatida uzoq muddatli va arzon resurslarni jalb qilish va eng yaxshi xalqaro tajribalarni o‘rganish maqsadida o‘zbek banklari xalqaro kapital bozoriga chiqishi zarurligini ta’kidlagan edi.

Prezidentning murojaatidan kelib chiqib hamda investitsiya dasturi va turli davlat va hududiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish maqsadida 2020 yil 14 oktyabr kuni "O‘zmilliybank" ilk bor London fond birjasida qiymati 300 million AQSH dollari bo‘lgan yevroobligatsiyalarni chiqardi.

"O‘zmilliybank" tomonidan yevrobondlarning AQSH dollarida chiqarilishi rivojlanayotgan mamlakatlar banklariga investitsiya kiritishdan manfaatdor bo‘lgan bir qator xalqaro investorlarni jalb qildi. "O‘zmilliybank"ning xalqaro kapital bozoridagi faoliyati unga nafaqat mahalliy darajada, balki xalqaro bozorlarda ham rivojlanishga intilayotgan ishonchli moliya instituti imidjini yaratishga imkon berdi.

"O‘zmilliybank"ning kapital bozorida amaliyotlar o‘tkazish borasidagi tajribasi moliya bozorlariga ixtisoslashgan va axborot agentligi bo‘lgan Cbonds xalqaro kompaniyalar guruhi tomonidan e’tirof etilib, bank "Birlamchi joylashtirishning eng yaxshi bitimi" nominatsiyasida  Cbonds Awards CIS mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Taqdirlash marosimi joriy yilning 24-25 iyun kunlari Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan a’naviy XVII "MDH va Boltiq davlatlari obligatsiya kongressi"  anjumani doirasida bo‘lib o‘tdi.

"O‘zmilliybank" matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida