Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ: Yaxshi dam-samaradorlik omili
11:00 / 2024-04-13

Sehrli musiqa sadolari, nozik raqslar, orkestrning jo‘shqin harakatlari va bu uyg‘unlikka mahliyo tomoshabin. Alisher Navoiy nomidagi Akademik katta teatrida jahon durdona asarlaridan Chaykovskiy qalamiga mansub “Oqqush ko‘li” baleti rejissyor Temur Baltacheev tomonidan sahnalashtirildi. 150 daqiqa davom etgan mazkur asar davomida tomoshabinlar nigohi sahnadan uzilmadi.

“Teatr kuni” munosabati bilan ushbu baletni tomosha qilish maqsadida kelgan bank xodimlari ham vaqtlarini mazmunli o‘tkazganlaridan mamnun bo‘lishdi. Sababi yuz va tana a’zolarining nozik harakatlari hamda musiqa ohanglari yordamida asar voqeliklarini yuksak darajada tomoshabinlarga yetkazib bergan aktyorlar mahorati barchaga manzur bo‘ldi.  

— Hafta davomida muntazam ish va boshqa rejalar bilan bo‘lib, bu singari teatr tomoshalariga zarurat bo‘lmas edi, — deydi bank xodimi Shahnoza Musayeva. — Bugun dam olish kunida ushbu baletni ko‘rish asnosida katta ma’naviy ozuqa hamda zavq oldim. Aktyorlar ijrosiga tasanno deyish kerak. Orkestr sadolari ham har bir hatti harakatga hamohang. Bugungi kunimni shunday dilbar sahna asari bilan yakunlaganimdan xursandman.

Chaykovskiyning “Oqqush ko‘li” asari o‘z zamonasidan toki hozirga qadar san’atshunoslar hamda tomoshabinlarga cheksiz hayajon baxsh etadi va jahon klassikasining durdona asari sifatida sahnadan tushmay kelmoqda. Asar g‘oyasi insonni tom ma’noda, o‘zini anglashga xizmat qiluvchi insoniy tuyg‘ular, muhabbat, sadoqat va ishonch to‘g‘risida so‘z yuritadi. Asosiysi, insoniylikni tarannum etib, yaxshilik har doim yomonlik ustidan g‘alaba qozonishiga ishontiradi. 

 “O‘zmilliybank” AJ

Matbuot xizmati