English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ: yangicha yondashuv zamon talabi
15:54 / 2024-10-16

Bugun qator sohalar singari moliya va bank tarmog‘ida ham kreativ yondashuv asosida innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, jadal transformatsiya jarayonlarida mijozlarga qulaylik taqdim etish muhim ahamiyatga ega. Bu nafaqat jarayonlar shiddati va soha rivojiga, shuningdek, mutaxassislarning bilim malakasi oshishiga ham xizmat qiladi.

“O‘zmilliybank” AJ esa eng ishonchli moliyaviy hamkor imidjini mustahkamlash maqsadida bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.  

Xususan, bank o‘zining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida bankning hududiy tarmoqlari xodimlari uchun keng qamrovli o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil etmoqda. Mazkur tadbirlar kreditlash bo‘yicha faoliyatni yanada takomillashtirish, tizimda zamonaviy metodlarni joriy qilish va biznes mijozlar bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.  

“O‘zmilliybank” AJ Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari Bosh boshqarmalari hamda ularning hududiy bo‘linmalari uchun tashkil etilgan navbatdagi o‘quv seminarda Loyihalarni moliyalash markazi, Yuridik, Kredit, Kreditlarni monitoring qilish va dastlabki undirish, Davlat dasturlarini moliyalashtirish va Kredit qarzdorliklarini undirish departamentlari mutaxassislari bilan o‘zaro muloqot o‘tkazilib, tajriba almashildi.  

–O‘quv mashg‘ulotlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining qarori, nizom hamda talablari borasida ham maxsus darslar tashkil etildi, – deydi Yuridik departamenti bosh yuriskonsulti Temur Karimov. – Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” gi qonun  doirasida ham bank xodimlari oldidagi vazifalar ijrosiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, muloqotlar jarayonida ish samaradorligini ta’minlashda me’yoriy hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha zarur taklif hamda tavsiyalar berildi.  

Bank xodimlari kreditlash jarayonida yuzaga keladigan muammolarni samarali hal etish bo‘yicha ham o‘zaro muhokama olib borib, bu borada qo‘llash zarur bo‘lgan amaliyot va tajribalar bo‘yicha kerakli ma’lumotga ega bo‘ldi.  Shu bilan birga, so‘nggi paytlarda keng e’tibor qilinayotgan faktoring xizmatlarini rivojlantirish mavzusida ham mashg‘ulotlar o‘tkazildi.  

 Albatta, har bir soha taraqqiyotida eng asosiysi bu yangi bilimlar hamda tajribalarni o‘rganishdir. Binobarin, bilimlarni hayotga tatbiq etish orqali nafaqat bank manfaatlari, hamkorlar foydasi uchun ham keng yo‘l ochiladi.  

“O‘zmilliybank” AJ

Matbuot xizmati