Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ: xizmatlar sohasi-tadbirkorlik uchun qulay imkoniyat
14:23 / 2024-01-16

Uyda o‘tirib, birgina pult tugmachasi orqali istagan xizmat turini amalga oshirish imkoniyati yuzaga kelayotgani bugun aksariyat yurtdoshlarimiz uchun zarur ehtiyoj va qulaylikka aylanib bormoqda. Demak, ortiqcha sarsongarchilik, asabbuzarlikdan chetda vaqtni tejash mumkinligi ilojsiz emasligi faqat tadbirkor yoki iqtisodchi uchun emas, qator soha vakillariga ham ayni muddao bo‘lmoqda.

Avtomatlashtirilgan tizim ayni jarayonda bank-moliya tizimida ham istisno emas. Aksincha, transformatsiya sur’atida yangicha tashabbus va innovatsion g‘oyalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu esa shubhasiz, mijoz uchun tanlov imkoniyatini vujudga keltiradi. Aytish joiz, bugun respublikamizda 30 dan ortiq banklar faoliyat ko‘rsatadi. Ulardagi bank xizmatlarining sifati, qulayligi va samaradorligini esa shubhasiz, shu xizmatlardan foydalanayotgan mijozlar baholaydi. “O‘zmilliybank” AJ esa bu borada mijozlar manfaati uchun qayg‘uradi va ularga qulaylik keltiradigan loyihalarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Qisqacha raqamlarga to‘xtalib o‘tsak.

O‘tgan 2023 yilda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida ”O‘zmilliybank” AJ tomonidan 10,4 trillion so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. 

Ayni damda moliyalashtirilayotgan loyihalarning asosiy yo‘nalishlari transport xizmatlari – 5,4 trillion so‘m, maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo  – 3,4 trillion so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, joriy yilda Toshkent shahrida 9 mingta  savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari foydalanishga topshirildi, 450 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

Dunyo tajribasida ham xizmatlar sohasi mamlakatning iqtisodiy o‘sishi, yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Xalqaro mehnat tashkiloti hisob-kitoblariga qaraganda, xizmatlar sohasi 1 foizga o‘sishi kambag‘allikni o‘rtacha 4 foizga qisqartiradi.

Yurtimizda keyingi besh yil davomida yalpi ichki mahsulotda xizmatlar sohasining ulushi 35 foizdan 45 foizga o‘sdi. Bugungi kunda ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar sonining 65 foizi, ish bilan band aholining 50 foizdan ortig‘i aynan xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi. Bu borada davlat xizmatlari, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ulgurji va chakana savdo hamda ijtimoiy xizmatlar jadal rivojlanyapti. 

“O‘zmilliybank” AJ tomonidan xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘tgan vaqt davomida bir qator istiqbolli loyihalar ishga tushirildi. Xususan, mamlakatimizda xususiy Oliy ta’lim muassasalari soni yil sayin kengayib borayotgani fikrimizga quvvat. Bektemir tumanida joylashgan "PROFI UNIVERSITY" Oliy ta’limda sifat va raqobat muhitini oshirish bilan birga, tumanning xizmatlar sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirishga zamin yaratadi. Loyiha qiymati 20 mlrd.so‘m bo‘lgan mazkur Oliy ta’lim maskanida bugun talabalar pedagogika va menejment yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olishmoqda. 

Universitetning 2 ta filiali: Toshkent va Navoiy shahri filliallari mavjud. Ta’lim muassasasida 13 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Hozirgi kunda Oliy ta’lim muassasasida 5000 dan ortiq talaba o‘qimoqda. Qolaversa, universitet xorij davlatlaridagi nufuzli Oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda ish olib boradi. 

Ta’limning eng muhim yo‘nalishi sanalgan maktabgacha ta’lim xizmatlar sohasining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri. Jumladan, Mirobod tumani Yangi-Qo‘yliq ko‘chasida joylashgan "XONZADOXON SAVDO" MCHJ tomonidan zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotining tashkil etilishi uchun jami 7,0 mlrd.so‘m mablag‘ sarflangan. Bugungi kunda ushbu bolalar bog‘chasida jami 30 nafar xodim mehnat qiladi. Muassasa 100 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda ingliz tili, taekvando, xoreografiya, gimnastika to‘garaklari tashkil etilgan. Ishlaydigan ota-onalarga qulay bo‘lishi uchun talab va ehtiyojlardan kelib chiqib bolalarni 1,5- 2 yoshdan qabul qilish uchun sharoitlar yaratilgan. 

“Izlagan imkon topadi”. Bugun aksariyat tadbirkorlar tomonidan servis sohasini rivojlantirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida noan’anaviy biznes loyihalari ishga tushirilmoqda. Natijada bankning moliyaviy ko‘magida mazkur ishbilarmonlik sub’ektlari faoliyati rivojlanmoqda ham. Xususan, poytaxtimizning Yashnobod tumanida “JUST FLOWERS SHOP” MCHJ tomonidan gullar bilan bezatish faoliyatini tashkil etilishi shunday istiqbolli loyihalardan biri bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 2,6 mlrd.so‘m tashkil qiladi. Ushbu loyihaning ishga tushirilishi natijasida 10 dan ortiq fuqarolarning ish bilan bandligi ta’minlandi. Mazkur korxona tabiiy va sun’iy gullardan to‘y va marosimlar uchun dekorativ manzaralar, shuningdek xonaki rang-barang gullar va guldastalar sotish bilan shug‘ullanadi. Qolaversa, gullardan foto albom hamda ko‘rgazmali portretlar tayyorlaydi. 

So‘zimiz muxtasarida aytish joizki, kundan-kunga xizmat ko‘rsatish sohasida yo‘nalish va tarmoqlar soni kengayib bormoqda. Bu esa aholining turmush darajasi oshishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda hududning iqtisodiy-ijtimoiy qiyofasi yangilanishiga zamin bo‘lmoqda. O‘zmilliybank bu borada mijozlarni qo‘llab-quvvatlab, hududlarda yangi-yangi ishbilarmonlarni kashf etmoqda. 

“O‘zmilliybank” AJ Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida