Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ va «Deutsche Bank AG» banki 130 million yevrolik kelishuv imzoladi
10:18 / 2023-05-03

Joriy yilning 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga yuqori darajadagi tashrifi arafasida Germaniyaning yetakchi kompaniyalari va ikki mamlakat moliya institutlari ishtirokida O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ishbilarmonlik platformasi ikki davlat ishbilarmon doiralariga ikki tomonlama munosabatlardagi salohiyatni muhokama qilish, yangi rivojlanish nuqtalari va ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini aniqlash, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida o‘zaro investitsiyalar va savdo hajmini oshirish imkonini berdi.

Biznes-forum doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi o‘rinlarda “O‘zmilliybank”) va “Deutsche Bank AG” o‘rtasida 130 million yevro miqdorida kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Mazkur shartnomaning asosiy afzalligi – O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatisiz investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni jalb qilish imkoniyatidir.

Kredit liniyasi orqali “O‘zmilliybank” transport, tog‘ metallurgiyasi, elektrotexnika sanoati va ishlab chiqarish sohalaridagi umumiy qiymati 185 million yevro bo‘lgan loyihalarni moliyalashtiradi va shu orqali joriy yil songiga qadar kredit liniyasining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish transport infratuzilmasini yaxshilash va korxonalarning sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish, jumladan, 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish va 120 million yevrodan ortiq qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar eksportini ta’minlash imkonini beradi.

Imzolangan kelishuv “O‘zmilliybank” va “Deutsche Bank AG” o‘rtasidagi 30 yildan ortiq tarixga ega muvaffaqiyatli va samarali hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qilmoqda. “O‘zmilliybank” “Deutsche Bank AG” bilan loyihalarni moliyalashtirishdan tashqari, savdoni moliyalashtirish, g‘aznachilik operatsiyalari, hisob-kitob biznesi, tajriba almashish yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Ma’lumot uchun: Deutsche Bank AG 1,4 trillion yevro miqdoridagi aktivlari, kapitali – 74 milliard yevro va foydasi – 1,3 milliard yevro miqdoridagi Germaniyadagi eng yirik moliyaviy konglomerati hisoblanadi. U, Moliyaviy barqarorlik kengashi malumotlariga kora, 30 ta eng muhim transmilliy banklardan biri hisoblanadi hamda global tizimli muhim banklar qatoriga kiradi.

“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida