“O‘zmilliybank” AJ: milliy liboslarimiz hammaga yarashadi
Hunarmand xalqimizning ijodiy mahsuli sanalgan milliy liboslarimiz kamalakning yetti rangidagi jiloni o‘zida mujassam etgan. Shu bois bu matolardan tikilgan liboslar insonga ko‘tarinki kayfiyat, jo‘shqinlik va o‘ziga bo‘lgan ishonch ruhini oshiradi.
“O‘zmilliybank” AJ xodimlari haftaning har jumasini an’anaviy milliy liboslarni kiygan holda boshlab, yakuniga yetkazayotgani esa milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan sadoqat va ehtiromini ko‘rsatadi. Shuningdek, yosh avlodga an’analarga sodiqlik tamoyilini anglatishda o‘zining munosib hissasini qo‘shishda faol ishtirok etadi.
Bu gal milliy liboslar chellendjida “O‘zmilliybank” AJ Sirdaryo viloyati Bosh boshqarmasi xodimlari tashabbusni qo‘lga oldi va jamoaning har bir a’zosi kunni egnida yarashib turgan milliy liboslar bilan qarshi oldi. Albatta, bu odat jamoada nafaqat, urf-odatlarga hurmat, shuningdek, hamjihatlik muhitini ham mustahkamlashga xizmat qiladi.
“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati