Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ: Mijozlarning 65 foizi masofadan boshqariladigan bank xizmatlaridan foydalanmoqda
15:12 / 2022-09-28

Mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish va servis sohasining jadal rivojlanishi ta’minlanmoqda. Shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash orqali kambag‘allikni kamaytirish va ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishda ham xizmatlar sohasining alohida o‘rni bor.

“O‘zmilliybank” AJ  Bektemir filiali tomonidan 2022 yil 1-yarim yillikda ajratilgan kreditlar asosida sanoat sohasida 450 milliard  so‘mlik 10 ta loyiha, qishloq xo‘jaligida 47 milliard so‘mlik 3 ta loyiha,  xizmat ko‘rsatishda 2,8 milliard so‘mlik 4 ta loyiha  hamda  boshqa sohalarda  116 millard  so‘mlik  110 ta loyiha amalga oshirilgan. Tadbirkorlik sub’ektlariga kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida 1 ming 805 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. 

“O‘zmilliybank” AJ Bektemir filialida jami 44 ming 791 nafar mijozga xizmat ko‘rsatildi. Shundan 43 ming 926 nafari jismoniy shaxslar va 865 nafari yuridik shaxslar hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning jami depozit qo‘yilmalari 37,1 milliard so‘mni tashkil etadi. To‘lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida joylarda 5 ta bankomat, 380 ta savdo terminallari dislokatsiya qilingan. Bundan tashqari, aholiga valyuta amaliyotlarida qulayliklar yaratish maqsadida   filialga tegishli 1 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi va 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi 1 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchasi (bankomat) shaxar va tuman fuqarolariga hamda tashrif buyurgan mehmonlarga xizmat ko‘rsatmoqda. 

Bank mijozlarining 65 foizi masofadan boshqariladigan bank xizmatlaridan foydalanmoqda. Bunda hisobraqamlarda bank aylanmalarini amalga oshirish, onlayn kredit rasmiylashtirish yoki kredit qarzdorligini qoplash, xalqaro va milliy plastik kartochkalarda xar qanday bank amaliyotlari hamda to‘lovlarni amalga oshirish, omonat rasmiylashtirish amaliyotlari, xorijiy valyutalarda konversion amaliyotlar, pul o‘tkazmalari kabi bank xizmatlaridan masofadan foydalanish mumkin. 

Tumanda joriy yilning 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xajmi 4 trillion 668 milliard so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 129,9 foizga yetgan hamda 19,1 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. Yil boshidan yangi tashkil etilgan xizmat ko‘rsatish korxonalari soni 3 ming 470 tani tashkil etadi. 2022 yilda viloyatda xizmat ko‘rsatish hajmini 23,1 trillion  so‘mga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bunda 64 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan.  

“O‘zmilliybank” AJ  xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi  “GOLD BRICKS”, “SABNUR HOLDING”, “TASHKENT HOTELS”, “UROLOGIC COMPLEX” kabi korxonalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, “GOLD BRICKS” MCHJ dekorativ, standartdagi jami 18 turdagi g‘isht ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. “GOLD BRICKS” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 3 million 900 ming AQSH dollari bo‘lib, bank tomonidan ajratilgan mablag‘ 2 million 550 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Bu yerda 60 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlangan. 

“TASHKENT HOTELS” MCHJ  tomonidan  ham  umumiy qiymati 2 milliard 200 million so‘m miqdoridagi loyiha  amalga oshirilmoqda. Bank tomonidan mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish va ko‘lamini kengaytirishga noturar joy sotib olish uchun ajratilgan mablag‘ 1 milliard 500 million so‘mni tashkil etadi. Mehmonxonada 10 dan ortiq fuqaro ish bilan ta’minlangan. 

“O‘zmilliybank” AJning asosiy hamkorlaridan biri bo‘lgan “UROLOGIC COMPLEX” MCHJga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, urologiya, onkurologiya, jarrohlik va ginekologiya yo‘nalishlarida jarrohlik amaliyoti ko‘lamini oshirish, yangi ambulator-statsionar tibbiyot punktini jihozlash uchun 1 milliard 950 million so‘m miqdorida kredit ajratilgan.   

Loyihaning umumiy qiymati 5 milliard so‘m bo‘lib, yangi ambulatoriya vrachlik punkti ishga tushishi munosabati bilan yana 20 nafar mutaxassisning ish bilan ta’minlanishiga erishilgan. 

 

Muhayyo Toshqorayeva, 
O‘zA