“O‘zmilliybank” AJ mijozlari uchun yana bir qulay imkoniyatni taqdim etadi. Bankning Humo va Uzcard bankomatlari integratsiyasi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi.
Xo‘sh, bu nima degani? Mazkur tizimning mijozlar uchun afzalligi nimada?
Endilikda mijozlarimiz har ikki tizim kartalari orqali bankimizning istalgan bankomatidan pullarni naqdlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu imkoniyat Respublikamiz bo‘ylab barcha bankomatlarimizda mavjud bo‘lib, ulardan nafaqat Humo va Uzcard milliy to‘lov tizimlarining kartalaridan, balki Visa, Mastercard, Unionpay xalqaro bank kartalari orqali ham naqd pul mablag‘larini yechib olishingiz mumkin. Bu bank mijozlarining ortiqcha ovoragarchiligiga chek qo‘yib, ularga yanada qulaylik yaratadi. Ya’ni bank mijozlari bundan keyin vaqtlarini ortiqcha sarf etmaydi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, respublikamizda o‘rnatilgan 566 bankomatlarning 35 tasi valyuta ayriboshlash shaxobchalari(VASH) bankomatlari bo‘lsa, 531 dona bankomatlar Uzcard va Humo kartalarini qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zmilliybank” AJ mijozlarga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatishdan doim manfaatdor.
“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati